1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxon davlat qo‘riqxonasi yeriga o‘t ketdi

Qutqaruv ekipajlari yetib borgan, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Surxon davlat qo‘riqxonasi yeriga o‘t ketdi

23-iyul kuni soat 15:52 da Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sherobod tumanidagi “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasining taxminan 5 gektar maydonida quruq o‘t yonayotgani haqida “112” qisqa raqamiga xabar kelib tushdi.

 

Yong‘in to‘g‘risidagi murojaatga asosan, viloyat FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari, qutqaruvchilar hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi.

 

Hozirgi vaqtda yong‘in bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Hodisani o‘chirish uchun yetarli texnika va kuch vositalari safarbar etilgan.

 

Favqulodda vaziyat yuzasidan holat to‘liq nazoratga olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика