1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryo hokimi paxta dalalarida

U bir qator nuroniylar bilan birgalikda terimchilarga ko'maklashdi.

Surxondaryo hokimi paxta dalalarida

 

Kecha bir guruh surxondaryolik faol nuroniylar, mehnat faxriylari tashabbus ko‘rsatib, Qiziriq tumanidagi “Surxon cotton textile cluster” MCHJning “Oltiboyev Fayzullo” oilaviy pudratchisiga tegishli 10 gektarlik dalasida terimchilarga paxta yig‘im-terimida ko‘maklashishdi.

 

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham nuroniylar bilan uchrashib, ularning duosi bilan boshlangan har bir ishda unum va baraka, barcha tadbirlarimizda rivoj bo‘lishini ta’kidladi. Nuroniylar bilan birga dalada paxta terdi. Faol tashabbusi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan nuroniylarlarga esdalik sovg‘alari hamda maishiy texnikalar topshirildi.

 

Xayrli ishlar rivoji, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi uchun jonliq so‘yilib, ehson qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика