1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryo va Namanganda mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi

Holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo va Namanganda mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi

 


Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor xodimi noqonuniy ravishda 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Aniqlanishicha, u xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroning 20 ming AQSh dollarini deklaratsiyasiz tarzda “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali Tojikistonga o‘tkazib berishni va’da qilgan.


Shuningdek, DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumanlardan birining Kadastr bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroning oziq-ovqat do‘koni oldiga qurilgan bostirma uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga pora talab qilgani va 3 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. U mazkur xizmat uchun jami 5 mln so‘m so‘ragani aniqlangan.


Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosa vdo” filiali Namangan bo‘linmasining Kosonsoy tumani yuriskonsulti ham 2 ming AQSh dollari olayotgan chog‘ida ushlandi. U fuqaroning yashash xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish bo‘yicha rasmiylashtirilgan 28,6 mln so‘mlik jarimani elektron tizimga kiritmasdan bekor qilib berishni va’da qilgan. Mazkur holatlar yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика