Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Chilozor tumanidagi 318-saylov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatning ikkinchi va to‘rtinchi sektor rahbarlari bilan birga Samarqand shahridagi 144-saylov ovoz bergani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi hududida 860 ta saylov uchastkasi tashkil etilib, saylovchilar uchun barcha sharoit yaratildi. Milliy qonunchiligimiz doirasida jihozlandi.
Qayd etilishicha, Termiz shahridagi 269-saylov uchastkasi “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi binosida joylashgan bo‘lib, u yerda Mehriobod mahallasida yashaydigan 2 ming 838 saylovchi ovoz beradi.
Viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham birinchilardan bo‘lib mamlakatimiz taraqqiyoti, tinch, osuda hayot va buyuk kelajak uchun ovoz berdi.
Maʼlumot uchun: viloyatda 1 million 467 ming 12 saylovchi ruyxatga olingan. Ularning 112 ming 902 nafari saylovda ilk marta ovoz berayotgan yigit-qizlardir. Joriy yilning 14-20 oktabr kunlari mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 20 mingga yaqin fuqaro ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etgandi.
Bundan avval O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov hamda Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Maqsuda Vorisova Uchtepa tumani 116-maktabdagi 206-saylov uchastkasida ovoz bergani haqida xabar bergan edik.


