1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Surxondaryoda 1 mln dollarlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

09:41 / 12.08.2023

995

Surxondaryoda 1 mln dollarlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

Surxondaryoda 1 mln dollarlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

Shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida ham kredit mablag'larini noqonuniy o'zlashtirish holatlari aniqlandi.

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

 

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida “S.L.” va “Q.T.” MCHJ norasmiy rahbari U. J. va boshqalar tijorat banki xizmatlar markazidan “S.L.”  MCHJga limonchilik uchun issiqxona qurishga maqsadida ajratilgan kreditni “Q.T.” MCHJga o‘tkazgan. Biroq, ular amalda zamonaviy issiqxona tashkil etmasdan, soxta hujjatlar orqali ushbu mablag‘ni lizing to‘lovlari va boshqa maqsadlarga yo‘naltirish orqali jami 1 mln AQSH dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan  talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” XK masʼul shaxslari va boshqalar tijorat banki filialidan xususiy korxonaga ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida ajratilgan 912 mln so‘m kreditni boshqa MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib, naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Bundan tashqari, Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Qaratal” MFY bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi Sh .A. 18 nafar fuqaro nomiga chorvachilik va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali jami 571,3 mln so‘mni naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика