Surxondaryoda fuqaroni 12 ming AQSH dollari evaziga xorijiy davlatga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Ma'lum qilinishicha, Denov tumanda fuqaro O. Y. fuqaro Q. I. ni 12 000 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni vaʼda qilib, oldindan 48 mln so‘m va 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan,
Shuningdek, xabarda keltirilishicha, gumonlanuvchi shaxs muqaddam 2 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborish evaziga 4 800 AQSH dollari va 88 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


