1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda 4 nafar yigit avariyada vafot etdi

Avtomashinani “prava”si yo‘q o‘smir boshqargan.

Surxondaryoda 4 nafar yigit avariyada vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat IIBB YHXB xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 3 iyul kuni Oltinsoy tumani Jillibulog‘ mahallasi hududida yuz bergan. 2006 yilda tug‘ilgan o‘smir o‘ziga tegishli bo‘lmagan Lacetti rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, 4 nafar do‘stlari bilan birga tungi soat 22.30 lar atrofida viloyatning Oltinsoy tumaniga borgan.

 

Yigitlar shu kuni taxminan 23.40 larda tumanning Jillibulog‘ mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda boshqaruvni yo‘qotib, beton ustunga borib urilgan. Hodisa oqibatida mashina salonida bo‘lgan 2005 yilda tug‘ilgan yo‘lovchilardan ikki nafari olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

 

Yana ikki nafari esa olgan og‘ir tan jarohatlari bilan tuman shoshilinch tibbiy xizmat bo‘limiga yotqiziladi. Biroq ular ham ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, kasalxonada vafot etishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика