1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Jinoyat ishida yengil jazo tayinlatib berish evaziga pora olgan advokat ustidan tergov boshlandi.

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokat pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, advokat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilayotgan ishda ayblanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun suddagi tanishlari orqali yordam berishini va’da qilib, 60 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat 50 ming dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi 3-qismi "a" bandi (pora olishga suiqasd) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, advokatga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика