1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda ayolni moxonada saqlagan er va uning yaqinlariga sud hukmi o‘qildi

2025-yil 4-sentabr kuni Surxondaryoning Uzun tumanida ayol eri va uning oila azolari tomonidan qariyb 5 oy molxonada saqlangani haqidagi xabar tarqalib, keskin muhokamalarni yuzaga keltirgan edi. Zamon.uz ushbu holat bo‘yicha batafsil reportaj ham eʼlon qilgan.

Surxondaryoda ayolni moxonada saqlagan er va uning yaqinlariga sud hukmi o‘qildi

 

Ayni paytda Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, ayolni molxonada saqlab, unga tazyiq o‘tkazganlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmi bilan A. Sh. (erkak, 1981-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 126-1, 127, 25,135 va 138-moddalarida, M. Sh. (ayol, 1975-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan), K. Sh. (ayol, 1978-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) va Z. A. (ayol, 1951-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) 104, 127, 25,135 va 138-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

 

Sudning hukmi bilan A. Sh.ga 13 yil, M. Sh. va K. Sh.ga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Z. A.ga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 26-avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi mahallalarning birida mahalla profilaktika inspektori xonadon egalarini qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzib, uning ichiga kirgan.

 

 

Inspektor u yerda xonadon egasi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh. A.ning norasmiy turmush o‘rtog‘i 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro X.G. va uning 5 oylik o‘g‘il farzandi og‘ir sharoitda majburlab saqlanib kelayotganini aniqlab, jabrlanuvchilarni tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

 

Holat o‘rganilganda, xonadon egasi fuqaro Sh. A., shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan oldindan til biriktirib, norasmiy turmush o‘rtog‘i fuqaro X.G.ni ruhiy holatidagi o‘zgarishlari borligidan foydalanib bir necha oy davomida unga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik ishlatib, majburlab, xonadon ichidagi molxonada yashirin ravishda saqlab kelishgani aniq bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика