1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan ayol jarimaga tortildi

Ayolning xatti-harakatlari kuzatuv kameralariga qayd etilgan.

Surxondaryoda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan ayol jarimaga tortildi

 

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlab ketgan ayolga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Surishtiruvlar natijasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzarning shaxsi aniqlangan. So‘ng holat yuzasidan unga nisbatan MJtKning 91-Prim 1- moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Ayol bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 330 000 so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

 

Ma’lumot uchun: Termizdagi 10 ta hududda onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgandi. Yaqinda esa yana 15 ta shunday kameralar olib kelingan. Bu kuzatuv kameralari nafaqat noqonuniy joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni tezkorlik bilan aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etishga va tegishli choralarni ko‘rishga imkoniyat yaratadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика