FVVning xabar berishicha, bugun, 9-avgust kuni soat 14:01 da Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Farg‘ona azot” AJga qarashli omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVB xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:10 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong‘in natijasida taxminan 70-80 kvadrat metr maydonda omborxonaning ichida bo‘lgan ko‘mir mahsuloti yonib zararlangan.
Shuningdek, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagani ma'lum qilindi. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


