1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda fermerlar ichida odamlar bo‘lgan paxtani tarozidan o‘tkazishga uringani aytilmoqda

Holat yuzasidan hokimlik rasmiy izoh berdi.

Surxondaryoda fermerlar ichida odamlar bo‘lgan paxtani tarozidan o‘tkazishga uringani aytilmoqda

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryodagi paxta qabul qilish maskanida ichida odamlar bo‘lgan paxtani tarozidan o‘tkazishga uringanlik aks etgan video tarqaldi. Ushbu lavha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati mazkur xabarni rad etdi va videoning Surxondaryo hududiga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, bu videolavha aslida 2019-yilda ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lib, o‘sha vaqtda ham hokimlik tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan. O‘sha paytda berilgan izohda voqea Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lmagani alohida ta’kidlangan edi.

 

Viloyat hokimligi aholiga va ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan foydalanuvchilarga murojaat qilib, tekshirilmagan, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi. Hokimlikning ta’kidlashicha, bunday xabarlar jamoatchilikni chalg‘itibgina qolmay, ishonchsizlik kayfiyatini kuchaytiradi va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика