1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborgan fermerlar javobgarlikka tortildi

Tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 100 mln so‘mdan oshgan

Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborgan fermerlar javobgarlikka tortildi

 

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazgan nazorat tadbirlari davomida bir qancha fermer xo‘jaliklariga tegishli dalalarda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari yoqib yuborilgani aniqlandi.

 

Maʼlum qilinishicha, “H.M” fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan 10  gektar, “B.F” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 10 gektar, “E.N.Z” fermer xo‘jaligi 5 gektar, “K.P” fermer xo‘jaligi 10 gektar, “E.H” fermer xo‘jaligi 13 gektar va “Z.R” fermer xo‘jaligi 7 gektar yer maydonini takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborgan.

 

Aniqlangan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborganlik holati bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 106 million 74 ming so‘mni tashkil etdi.

 

Yuqoridagi barcha holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика