1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda hujra tashkil etib, bolalarni kaltaklagan shaxs ushlandi

U taʼlim berish jarayonida bolalarga o‘ta qo‘pol muomalada bo‘lgan.

Surxondaryoda hujra tashkil etib, bolalarni kaltaklagan shaxs ushlandi

Surxondaryo IIB hamda DXX xodimlari tomonidan 2000-yilda tug‘ilgan shaxsning Boysun tumani Darband mahallasida vaqtincha istiqomat qiluvchi xonadoni ko‘zdan kechirildi.

 

U 2025 yilning mart oyidan iyul oyiga qadar 9 nafar shaxslarga moddiy manfaat evaziga hujra sharoitida diniy taʼlim berib kelayotgani maʼlum bo‘lgan. 

 

Ushbu shaxs taʼlim berish jarayonida bolalarga o‘ta qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni ayovsiz kaltaklagan. Hozirda voyaga yetmaganlarning tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, ularning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Hujra egasi Xo‘jaqulov Muhriddinga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 110-, 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика