Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Surxondaryo viloyati “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, tabiiy holda o‘suvchi 893 tup tojik kfvragi o‘simligining 2–3 marotaba shirasi olingani, bundan tashqari, 163 tup tojik kfvragi shirasini olish maqsadida dimlab qo‘yilganligi aniqlangan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 442 million 35 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, ushbu o‘rmon xo‘jaligida tabiiy holda o‘sgan 830 tup tojik kfvragi o‘simligi 5–6 marta kesilib, shirasi olingan. Natijada o‘simlik dunyosiga 410 million 850 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, tabiiy holda o‘sgan 87 tup tojik kfvragi o‘simligining shirasi 2-3 marotaba kesib olingani, bundan tashqari, 218 tup tojik kavragi shirasini olish maqsadida dimlanganligi aniqlandi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 43 million 65 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Hozirda yuqoridagi holatlarga huquqiy baho berish, aybdorlarni aniqlash va tegishli chora ko‘rish maqsadida hujjatlar prokuratura organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.


