1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda Koreyadan yuborilgan protein jo‘natmasida “qoradori” aniqlandi

Denov shahrida 30 yoshli fuqaro sport ozuqasi sifatida rasmiylashtirilgan jo‘natma orqali kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirishga uringan vaqtida qo‘lga olindi.

Surxondaryoda Koreyadan yuborilgan protein jo‘natmasida “qoradori” aniqlandi

 

Bojxona organlari tomonidan respublikaga kuryerlik jo‘natmalari orqali kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Bojxona qo‘mitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi hamda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyatining Denov shahrida 30 yoshli fuqaro o‘z nomiga Koreya Respublikasidan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasini qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Tekshiruv jarayonida jo‘natma hujjatlarida sport ozuqasi — protein kukuni sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, mazkur kukun tarkibiga “pregabalin” moddasini o‘z ichiga olgan, kuchli ta’sir qiluvchi 1200 dona kapsulalar yashirilgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика