Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryodagi suv omboriga mashina tushib ketgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
24 iyun kuni soat 12:30 larda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli avtomobili bilan “Xisorak-Sariosiyo” yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotib, ushbu hududdan o‘tuvchi “To‘palang” daryosiga tushib ketgan.
Oqibatda avtomashina ichida bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi yengil tan jarohati olib tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Haydovchi cud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lishidan oldin sog‘ligi yomonlashgani va yurak ishemik ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli vafot etgan.