Surxondaryoning 29-oktyabr kuni 16 qavatli turar joyda yashovchi qiz 6 qavatdan tushib ketib halok boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, voqea soat 21:00 atrofida “Buyuk kelajak” MFY hududidagi koʻp qavatli uylarning birida sodir boʻlgan. Uyning 13 qavatida yashab kelgan qiz 6 qavatdan tushib ketgan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok boʻlgan.
Aniqlanishicha, qizning oilasi 2023-yilning boshida ushbu binoga koʻchib kelgan. Qiz oiladagi eng katta farzand boʻlgan. U oʻqigan maktab direktorining taʼkidlashicha, darslarda faol qatnashgan, hech kim bilan ziddiyatga bormagan.
“Maktabda ham, mahallada ham oʻz oʻrniga ega, yaxshi, bilimli qiz edi. Chin koʻngildan achinyapmiz. Mahallada ota-onasi bilan hech qanday salbiy holat yuz bermagan. Namunali oila qatorida boʻlgan”, - deydi mahalla raisi.


