1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda MIB orqali 200 mln so‘mdan oshiq kompensatsiya undirildi

Sherobod va Termizda fuqarolarning buzilgan uy-joylari uchun kompensatsiya mablag‘lari undirib berildi.

Surxondaryoda MIB orqali 200 mln so‘mdan oshiq kompensatsiya undirildi

Sherobod tumani markazida yo‘llarni kengaytirish va yangi binolar barpo etish ishlari olib borilayotgani sababli bir qator fuqarolarning uy-mulki davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan edi. Kelishuv bo‘yicha barchaga o‘z vaqtida kompensatsiya to‘lanishi lozim bo‘lgan, ammo amalda hamma ham bu pulini o‘z vaqtida ololmagan.

 

Shulardan biri — Salima Haydarova. Uning xonadoni buzilganiga qaramay, vaʼda qilingan kompensatsiya to‘lanmay kelgan. Vaziyat sudgacha bordi va sud tomonidan tuman hokimiyati hisobidan Haydarova foydasiga 179 million so‘m kompensatsiya undirilishi belgilandi.

 

Uning so‘zlariga qaraganda, uyi buzilganiga bir necha oy bo‘lgan, ammo vaʼda qilingan kompensatsiya yo‘q.

 

— “Uyimni buzishgan kuni hokimiyat vakillari “xafa bo‘lmang, kompensatsiya tez orada tushadi”, degandi — deydi Salima opa, ko‘zlarida charchoq va umid aralash his bilan.

 

Majburiy ijro harakatlari natijasida fuqaro foydasiga kompensatsiya puli to‘liq undirilishi taʼminlandi.

 

Xuddi shunday holat Termiz shahrida ham kuzatildi. Buzilgan uy-joyi uchun haqini ololmay yurgan yana bir fuqaro manfaati himoya qilinib, shahar hokimiyatidan 64 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undirilishi taʼminlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика