Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, Boysun tumanida 2021 yil 27 avgust kuni “Malibu” haydovchisi tumanning Shifobuloq mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan M.Alisher boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtomashinasiga o‘zida bo‘lgan pnevmatik pistolet bilan 2 marotaba o‘q otgan.
Pnevmatik pistolet, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirib ko‘rishlik uchun hujjatlashtirib olingan.
28 avgust kuni “Malibu” haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda erkak tanishining ko‘ziga pnevmatik pistoletda otib qo‘ygandi.


