1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda salkam 60 ta daraxt kesib ketildi

O‘simlik dunyosiga 560 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Surxondaryoda salkam 60 ta daraxt kesib ketildi

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Surxondaryo viloyati boshqarmasi masʼul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi Machay o‘rmon bo‘limi xodimlarining xizmat  vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan masʼuliyatni suiisteʼmol qilishi natijasida noqonuniy daraxt kesilishi holati sodir etilgan.  

 

Viloyat Ekoboshqarmasi bergan maʼlumotga ko‘ra, Machay o‘rmon bo‘limining 5-aylanma 17-kvartalining “Yetimtol” va “Almali” massivlarida mavjud bo‘lgan “Zarafshon” archa, “Shumtol”, “Uchqad”, “Zarang” kabi jami 51 ta daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlangan.

 

«Bu bilan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib,  560 mln 550 ming so‘m miqdordagi o‘simlik dunyosiga zarar  yetkazilgan. Ushbu holat yuzasidan  to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish  uchun prokuraturaga yuborildi», – deyiladi boshqarma xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика