Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berildi.Kecha,10-may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.
FVV Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jarayonida avtomobil va bir nafar fuqaro “To‘palang” daryosi o‘zanidan topildi.
Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.


