1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i qamoqqa olindi

U daraxt kesish holati bo‘yicha hujjatlarni o‘zgartirib berish evaziga 500 dollar pora olayotganda qo‘lga olingan.

Surxondaryoda tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i qamoqqa olindi

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tuman bo‘limlaridan biriga rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxs pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXXZamon.uzga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, u mahalliy MChJ hududida tegishli ruxsatnomasiz kesilgan 14 tup gujum, 6 tup archa, 1 tup tut va 1 tup chinor daraxtlari bo‘yicha rasmiy hujjatlarni o‘zgartirib, tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirib ko‘rsatish evaziga 500 AQSh dollari miqdorida noqonuniy pul talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика