1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda uch nafar egizak dunyoga keldi

Hozirda ona va chaqaloqlar ahvoli qoniqarli.

Surxondaryoda uch nafar egizak dunyoga keldi

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialida uch nafar egizak tug‘ildi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan Shodigul Ahmedova bir yo‘la ikki o‘g‘il va bir nafar qizni dunyoga keltirgan.

 

  • Birinchi chaqaloq – o‘g‘il, vazni 2260 gramm, bo‘yi 46 santimetr;
  • Ikkinchi chaqaloq – qiz, vazni 2450 gramm, bo‘yi 46 sm;
  • Uchinchi chaqaloq – o‘g‘il, vazni 2350 gramm, bo‘yi 46 sm.

 

Ona va chaqaloqlar ahvoli qoniqarli, ularga mutaxassislar tomonidan zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmokda.

 

Chaqaloqlar otasi sho‘rchilik Bobobek Xolyorovning ham xursandchiligi cheksiz. U farzandlari sog‘lom holda dunyoga kelishiga yaqin ko‘makchi bo‘lgan tibbiyot xodimlaridan minnatdor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика