Geologiya fanlari universiteti "Mineral resurslar instituti" DM xodimlari Surxondaryo viloyatida "Janubiy O‘zbekiston hududida 1:100 000 miqyosli kosmogeologik tadqiqotlar" nomli davlat loyihasi bo‘yicha dala tekshiruv ishlarini amalga oshirdi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xabar berishicha, tadqiqot davomida Surxontov tog‘ining Vaxshivor maydonida dala deshifrovkalash ishlari olib borilishi natijasida u yerda malaxitlashuvga boy yangi maʼdanli tuzilma borligi aniqlangan.
Ushbu aniqlangan tuzilma oltin va polimetallga istiqbolli ekanligi prognoz qilinmoqda. Hozirda mazkur tuzilma davomiyligi yana qo‘shimcha ravishda o‘rganilmoqda.


