Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda paxta terimidan ayollarni mindirib qaytayotgan Labo Cobalt bilan to‘qnashib ketgani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 3 oktyabr kuni soat 19:00 larda Bandixon tumani “Gulbog‘” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi Labo avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda “Labo” rusumli avtomobil haydovchisi hamda 5 nafar yo‘lovchi ayollar shu paytning o‘zida turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Bandixon tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


