1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytildi — video

Tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan viloyat YHXB munosabat bildirdi.

Surxondaryoda YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytildi — video

 

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan video tarqaldi. Viloyat YHXB mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, videodagi holat “Boymoqli” mahallasi hududida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda huquqbuzarlik sodir etib IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bo‘yin tovlab, o‘zining tanishlari bilan xodimlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatayotgan bir guruh fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan. 

 

«Holatga aloqasi bo‘lmasada shu atrofda turib xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi rasmiy izohda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика