1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda YPX xodimiga 7 mln pora taklif qilgan haydovchi qo’lga olindi

U mast holda bo’lgan va avtomashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun shu yo‘lni tutgan.

Surxondaryoda YPX xodimiga 7 mln pora taklif qilgan haydovchi qo’lga olindi

 

10-fevral kuni Termiz shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Tico” rusumli transport vositasini to’xtatib, haydochi bilan suhbatlashish jarayonida undan spirtli ichimlik hidi kelayotganini sezadi.

 

YPX inspektori «alkotester» moslamasi orqali tekshirib ko‘rib haydovchining mastlik holatini aniqlaydi va holat yuzasidan yo‘l harakati qoidalarining 12-bandiga muvofiq haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi va transport vositasini vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga joylashtiradi.

 

Shundan so‘ng fuqaro B.Z YPX inspektorining xizmat olib borayotgan joyga borib, unga nisbatan chora ko‘rmasdan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilib, evaziga 7.000.000 so‘m miqdorda pora taklif qiladi.

 

YPX inspektori R.Sh fuqaroga bu taklifi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini, jinoyatga boshlamasligini aytib tushuntirishiga qaramay haydovchi B.Z pora taklif qilishda davom etadi.

 

Shundan so‘ng YPX inspektori Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga haydovchiga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab bildirgi bilan murojaat qiladi.

 

IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari ushbu bildirgiga asosan 2022-yilning 11-fevral kuni soat 20:00 larda Surxondaryo viloyati IJQK departamenti Termiz shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.Z Termiz shahar «Baynalmilal» mahallasida joylashgan jarima maydoni yonida YPX inspektori safdor R. Sh ga 7.000.000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi va holat tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar Prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика