1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Surxondaryoda YTH oqibatida “Matiz” ag‘darilib ketdi

So‘nggi paytlarda sodir etilayotgan yo‘l transport hodisalari orasida avtomobillarning ag'darilib ketish holatlariga ham tez-tez guvoh bo‘lyapmiz. Bularning aksariyati, afsuski, o‘lim holatlari bilan yakun topmoqda. Kuni kecha Termiz shahrida sodir bo‘lgan YTHda “Matiz” avtomobili ag‘darilib ketgan.

Surxondaryoda YTH oqibatida “Matiz” ag‘darilib ketdi

 

 

Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yilning 7 sentyabr kuni Termiz shahridagi Alisher Navoiy va Denov ko‘chalari kesishgan aylanma harakatda davlat raqami 10 R 985 RA bo‘lgan “Cobalt” aylanma harakat orqali yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib o‘tayotgan davlat raqami 75 116 TTN bo‘lgan “Matiz”ning orqa o‘ng tomonidan turtib ketishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Har ikki avtomashinada bo‘lgan haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB YHXB DYHXX tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda katta tezlikda harakatlangan “Cobalt” avtomobili “Lasetti” bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgani, Navoiyda boshqaruvni yo‘qotgan “Nexia”ning ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi vafot etgani hamda Toshkentda “Nexia” bilan to‘qnashgan “Matiz” bilan ham xuddi shunday hodisa yuz bergani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика