1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryodagi g‘alla maydonida yong‘in chiqdi

Hodisaga elektr simlarining dalaga tushishi sabab bo‘lgan.

Surxondaryodagi g‘alla maydonida yong‘in chiqdi

 

Bugun, 5-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidagi g‘alla maydonida yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Holat Jarqo‘rg‘on tumani “Boymoqli” mahallasi hududida joylashgan MCHJga qarashli g‘alla maydonida yuz bergan. Bu haqda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 14:55 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:05 da yetib borib, yong‘in soat 15:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da batamom o‘chirilgan.

 

Yong‘in qutqaruvchilarining saʼy-harakatlari natijasida g‘alla maydonining 0,3 gektarli qismi saqlab qolingan va olovning qo‘shni 30 gektarli g‘alla maydoniga o‘tib ketishining oldi olingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼullari va boshqa mutasaddilar yetib borishgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Birlamchi maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in hududdan o‘tgan 10 kVt elektr tarmog‘ining g‘alla maydoniga uzilib tushishi natijasida sodir bo‘lgan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика