1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryodagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi

Ayni paytda yong‘in kelib chiqishi sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Surxondaryodagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi

 

Qayd etilishicha, bir qatorda joylashgan 5 ta savdo do‘konlarining 100 kvadrat metr maydonidagi oziq-ovqat mahsulotlari yong‘indan zararlangan.

 

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlari FVBlarining 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yong‘in soat 23:25 da qurshab olingan va soat 01:10 da to'liq o‘chirilgan.

 

Yong‘in qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va favqulodda holat sodir bo‘lgan qatordagi savdo do‘konlarining 700 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика