Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi fuqaro Raxmat Eshboyev Haj safari uchun jamg‘argan mablag‘ini o‘zi yashab turgan qishloq aholisi uchun yangi ko‘prik qurilishiga sarfladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, otoxonning ishlariga befarq bo‘lmagan tuman hokimligi homiylik asosida ko‘prik uchun mustahkam temir-beton materialini yetkazib bergan. Shuningdek, xabarda keltirilishicha, tumanning ikki tomoninibog‘lovchi ushbu ko‘prik “Inkobod” mahallasi “Omonxona” qishlog‘i "Kamari aziz" ko‘chasida istiqomat qilib kelayotgan 20 ga yaqin xo‘jaliklarning og‘irini yengil qilgan.


