1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Sutkasiga ikki soat o‘chirish yetarli emas”

Energetika vaziri o‘rinbosari “svet”ni rejali o‘chirish jadvallari haqida ma’lumot berdi.

“Sutkasiga ikki soat o‘chirish yetarli emas”

 

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev rejali o‘chirish jadvallariga qay darajada amal qilinishi, bir sutkada elektr energiyasi atigi 2 soatga o‘chirilishi aniq yoki noaniqligi haqidagi savollarga javob berdi.

 

“Bugungi kunda ishlab chiqarilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hamda haqiqiy ehtiyoj o‘rtasidagi tafovut bir muncha katta. Bu tafovutni qoplash uchun sutkasiga ikki soat o‘chirish yetarli emas, lekin bir o‘chirishda ikki soatdan oshmaslik choralari ko‘rilishi taʼminlanadi.

 

Taʼkidlash joizki, rejali o‘chirishlar energotizimda ishlab chiqarilayotgan energiyaning yetmagan holatlarida amalga oshiriladi. Lekin bundan tashqari avariyaviy o‘chish holatlari ham mavjud. Bunday holatlarda avariyaning turidan kelib chiqqan holda uni bartaraf etishga bir muncha ko‘proq vaqt sarflanishi mumkin.

 

Ko‘rib turgan bo‘lishingiz kerak, ijtimoiy tarmoqlarda ham bugungi kunda elektromontyorlarimiz, avariyaviy brigadalarimiz 24 soat ish rejimiga o‘tkazilgan. Ob-havo sharoitiga va sutkaning vaqtiga qaramasdan tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab elektr taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun 500 dan ortiq maxsus brigadalar shakllantirilgan. Ularda barcha kerakli materiallar mavjud va texnika bilan jihozlangan.

 

Agarda, elektr taʼminotidagi uzilish ikki soatdan ortib ketsa, hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga murojaat qilgan holda mavjud muammo haqida aytib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi”, — deydi Xodjayev.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика