Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddatini 2024-yil 1-martdan kiritishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroqq majburiy raqamli markirovkani 2023-yil 1-iyuldan kiritish haqida qaror qabul qilingan edi.
Maʼlumot uchun raqamli markirovkalash — bu mahsulot haqidagi maʼlumotlarni elektron bazada saqlaydigan tovarlarni qadoqlash uchun maxsus kodni qo‘llashdir. Natijada har bir kishi tovar sifatini tekshirish va kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


