Singapurning Affinity V tankeri Suvaysh kanalidagi sayozlikdan chiqarib olingandan so‘ng kanalda harakatlanish tiklandi. Bu haqda Suvaysh maʼmuriyati xabar berdi.
“Suvaysh kanali maʼmuriyati rahbari Usoma Robia suv hajmi 64 ming tonna bo‘lgan Affinity V tankerini sayozlikdan chiqarish bo‘yicha amaliyot muvaffaqiyatli yakunlanganini eʼlon qildi”, – deyiladi xabarda.
Robianing so‘zlariga ko‘ra, kema kanalning 143 kilometrida sayozlikka o‘tirib qolgan. Bunga uning rul boshqaruvidagi nosozliklari sabab bo‘lgani aytilmoqda.
O‘tgan yilning 23 martida Panama bayrog‘i ostidagi Ever Given kemasi ham Suvayshda sayozlikka tushib qolgan, oqibatda olti kun kanalda harakatlanish to‘xtab qolgandi.


