1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Tadbirkor bildirgan tanqidiy fikri uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi”

Biznes-ombudsman qurilish sohasidagi korrupsion holatlar haqida gapirgan tadbirkorni himoya qilib chiqdi.

“Tadbirkor bildirgan tanqidiy fikri uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi”

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilish sohasidagi korrupsion holatlar haqida fikr bildirgan tadbirkor Usmonjon Abdusamadovga nisbatan bosim bo‘layotganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan Biznes-ombudsman rasmiy munosabat bildirdi.

 

Taʼkidlanishicha, tadbirkor bildirgan tanqidiy fikri uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur holat Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorga nisbatan taʼqib sifatida baholanadi.

 

“Har bir tadbirkorning erkin faoliyat yuritishi va ularning huquqlariga rioya etilishi qonun bilan kafolatlangan. Shu bois, tadbirkorlar duch kelgan muammolarni hal etish Biznes-ombudsmanning ustuvor vazifasi sanaladi.

 

Biznes-ombudsman barcha davlat organlarini tadbirkorlarning fikrlarini tinglash va biznes yuritishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etish bo‘yicha konstruktiv yechimlarni birgalikda izlashga chaqiradi.

 

Tadbirkorlarning ochiq fikr bildirishlari va tanqidiy mulohazalari hukumat islohotlarini yana-da takomillashtirishga va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

Agar tadbirkor soha rivoji yo‘lida fikr bildirsa, bu holat tanqid va jazoga sabab bo‘lmasligi lozim. Aksincha, bunday fikrlar muammolarni hal etish uchun imkoniyat sifatida qabul qilinishi zarur”, deyiladi munosabatda.

 

Eslatib o‘tamiz, 29 avgust kuni qurilish sohasi tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda o‘zini bir nechta qurilish kompaniyalari rahbari sifatida tanishtirgan Usmonjon Abdusamadov “Toshkentda bitta uy uchun 200 ming dollargacha xarajat bor”, - deya fikr bildirgandi.

 

Qurilish vazirligi mazkur maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarni keltirib chiqargani haqida maʼlum qilib, tadbirkorga nisbatan tegishli tartibda javobgarlik choralari qo‘llanishini so‘rab, Ichki ishlar vazirligiga rasmiy ariza kiritganidi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика