Shu bois, Prezident farmoyishi ijrosi va tadbirkorlarning yer masalalari bilan bog‘liq murojaatlarini hal etish bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida bir qator amaliy ishlar bajarildi.
Jumladan, joriy yilning avgust-sentabr oylari davomida viloyat bo‘yicha 70 ta tadbirkorlik subyektiga noturar obyektlari zararini qoplash uchun 11 milliard 527,4 million so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
Maʼlumotlarga asosan, yer uchastkalariga oid tadbirkorlarga yetkazilgan zararlarni to‘lab berishda eng ko‘p holat Muborak tumanida qayd etilgan. Mazkur tumanda 34 ta noturar obyekt uchun 3 milliard 56.6 million so‘m ajratilgan.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Qarshi shahri (2182,2 million) va Chiroqchi tumani (2011,9 million) qayd etildi.
Bundan avval hokimliklarning “snos”lar bo‘yicha tadbirkorlardan 123 milliard so‘m qarzi borligi, 1 sentabrgacha hamma qarzlar qaytarilishi shartligi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


