1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi

Endi ularning faoliyatiga soliqchilar baho bermaydi.

Tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi

 

"To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz", - dedi Prezident bugungi yig‘ilishda.

 

Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi. Endi ular faoliyatiga soliqchilar baho bermaydi, rag‘batlantirish choralari ham reyting asosida belgilanadi hamda bu tadbirkorlar kutayotgan adolatli yechim bo‘ladi.

 

Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun:

- barcha soliq tekshiruvlari bekor bo‘ladi;

- qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bir kunda tekshiruvlarsiz qaytarib beriladi (hozir 7 kundan 30 kungacha);

- boshqa soliq turlari bo‘yicha ortiqcha to‘lov summasi uch kunda qaytarib beriladi (hozir 15 ish kunida);

- tovarlarni import qilishda va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini bojxona va soliq organlarida o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi;

- tumanlarda auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini bo‘lib to‘lash muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.

 

Har bir tadbirkor real vaqt rejimida o‘z o‘rni va bahosini bilib boradi. Savdo-sanoat palatasiga o‘z saytida reyting natijalarini onlayn e’lon qilib, tadbirkorlar so‘rovlariga tezkor javob berib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика