1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashgani uchun 2 mingga yaqin mansabdor javobgarlikka tortildi

Shuningdek, Prokuratura organlari tomonidan 2023-yilda OAVda 678 ta tanqidiy maqola aniqlangan.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashgani uchun 2 mingga yaqin mansabdor javobgarlikka tortildi

 

Bosh prokuratura axborot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 6 oy davomida tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqishdagi qonunbuzilishi holatlarining oldini olish borasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida:

 

  • 1 ming 984 nafar mansabdor shaxslar intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi;
  • 927 ta noqonuniy hujjatlarga protest keltirildi;
  • 19 ming 316 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

Shuningdek, Prokuratura organlari tomonidan 2023-yilda o‘tkazilgan monitoringda jami 678 ta tanqidiy maqola aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan.

 

Bundan tashqari, o‘tgan davrda prokuratura organlari aralashuvi talab etiladigan tanqidiy materiallar soni 496 tani tashkil etgan. Ushbu tanqidiy materiallar prokuratura organlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, barchasiga rasmiy bayonotlar berilgan.

 

Tanqidiy materiallar bo‘yicha qo‘pol qonun buzilish holati bo‘yicha 29 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 32 ta fuqaroning huquqlari tiklangan. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика