Maʼlum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida, fuqaro O.U. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsad qilib, “S-D.” MCHJ rahbari A.ning ishonchiga kiradi.
Uning hisobida 2 milliard so‘m bo‘lgan plastik kartasini olib, pul mablag‘ini naqdlashtirib oladi.
Shundan so‘ng A.ga 1 milliard so‘mini qaytarib, qolgan mablag‘ini aldov yo‘li bilan qaytarmasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.
Hozirda holat bo‘yicha tergov-surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Andijonda virtual firibgar qo‘lga olingani hamda Toshkentda bankomatni buzib, ichidan 165 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


