1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan mutaxxassis qo‘lga olindi

Holat Toshkent shahrida sodir bo'lgan.

Tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan mutaxxassis qo‘lga olindi

 

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida tadbirkorning 146,7 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan mutaxassis qo‘lga olindi.

 

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.R. "U.M." MCHJning mahsulotlarni qabul qilish va tayyorlash bo‘limi mutaxassisi vazifasida ishlab kelib, tanishi A.T. bilan 9 turdagi texnika mahsulotlarining shtrix kodini qalbaki mahsulotlarning shtrix kodiga o‘zgartirgani aniqlangan. Ayblanuvchilar yaqin qarindoshlari nomiga ochilgan profillar orqali umumiy qiymati 146,7 million so‘mlik mahsulotlarni 17,8 million so‘mga sotib olishib, tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика