1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tailand sayyohlar uchun ochilmoqda

Endi niqob taqish yoki taqmaslik ixtiyoriy boʻladi.

Tailand sayyohlar uchun ochilmoqda

 

Tailand hukumati 1-oktabrdan boshlab koronavirus pandemiyasi tufayli sayyohlarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda.

 

1-iyuldan mamlakatga kirish cheklovlari, jumladan, sayohatga chiqishdan oldin “ThailandPass” platformasida ro‘yxatdan o‘tish talabi olib tashlandi. Endi sayyohlar mamlakatga faqat koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi sertifikati bilan kiradilar. Shuningdek, “Sputnik V” va “Sputnik Light” ham tan olinadi. Ular PZR-testidan o‘tishi kerak bo‘lmaydi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyohlar niqob taqish yoki taqmaslik borasida o‘zlari qaror qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика