1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Taksi haydovchilari pulli avtoturargohlardan 30 daqiqagacha bepul foydalanishlari mumkin

Yil yakuniga qadar elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchi fuqarolar soni 300 ming nafarga yetkaziladi.

Taksi haydovchilari pulli avtoturargohlardan 30 daqiqagacha bepul foydalanishlari mumkin

 

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. Loyiha doirasida yil yakuniga qadar elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sonini 300 ming nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Mazkur maqsadga erishish uchun taksi xizmati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar uchun bir qator imtiyozlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilariga ijtimoiy soliqni to‘lashda 30 foizgacha chegirma beriladi.

 

Shuningdek, davlat tashkilotlariga tegishli pulli avtoturargohlar, jumladan, aeroport va temiryo‘l vokzallaridagi avtoturargohlardan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat etiladi.

 

Davlat dasturi loyihasida elektromobil xaridini rag‘batlantirish choralari ham belgilangan. Unga ko‘ra, aholiga:

  • mahalliy ishlab chiqarilgan elektromobillar uchun yillik — 12 foiz,
  • import qilingan elektromobillar uchun yillik — 16 foiz stavkada bank kreditlari ajratiladi.

 

Elektromobil xaridi uchun beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining oshgan qismi Davlat byudjeti hisobidan tijorat banklariga kompensatsiya qilinadi. Dastlabki bosqichda 41 ming dona elektromobil xaridi uchun imtiyozli kredit ajratish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, elektromobillar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida quvvatlash stansiyalarida 1 kVt·soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

 

Quvvatlash stansiyalarini tashkil etish uchun tadbirkorlarga yillik 10 foiz stavkada maqsadli kreditlar ajratiladi. Ushbu mablag‘lar Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi orqali moliyalashtiriladi.

 

Shuningdek, quvvatlash stansiyalari uchun yer maydonlari auksionlarda bozor qiymatidan ikki baravar arzon narxlarda taklif etilishi belgilangan. Rejaga ko‘ra, 2026-yil oxiriga qadar elektromobil quvvatlash stansiyalari soni 4 ming taga yetkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика