Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Unga ko‘ra, talabalar o‘z saylov uchastkasini o‘zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.
Masalan, Toshkentda tahsil olayotgan xorazmlik talaba saylov uchastkasini o‘zgartirish haqida onlayn ariza yuborib, Toshkent shahrida saylovda qatnasha oladi.
O‘z saylov uchastkangizni almashtirish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz kerak: https://my.gov.uz/uz/service/492
Eslatib o'tamiz, avvalroq O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani hamda “Saylov-2021” mobil ilovasi yaratilgani haqida xabar berilgandi.


