1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Talabalar uchun kontrakt to‘lovlari va qabul muddatlari uzaytirildi

2025/2026-o‘quv yili uchun to‘lovlarni amalga oshirish va o‘qishga qabul qilish 31-yanvargacha davom etadi.

Talabalar uchun kontrakt to‘lovlari va qabul muddatlari uzaytirildi

 

 

Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlariga tavsiya etilgan talabalar uchun muhim yengillik joriy etildi. Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi.

 

Ushbu qaror qabul parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga taalluqli bo‘lib, ular bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizini to‘lashi lozim. Bu talab o‘qishga qabul jarayonini yakunlash uchun asosiy shart hisoblanadi.

 

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida tahsil olishni istagan abituriyentlar ham belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizini belgilangan muddatgacha to‘lab berishlari zarur.

 

Mas’ullar ta’kidlashicha, muddatning uzaytirilishi talabalar va ularning ota-onalariga moliyaviy masalalarni yanada qulay sharoitda hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, abituriyentlardan belgilangan talab va muddatlarga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика