1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Talabalar uchun tashkil etilgan avtobus yo‘nalishi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Bu haqda Toshshahartransxizmat xabar berdi.

Talabalar uchun tashkil etilgan avtobus yo‘nalishi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

 

Talabalarning qishki taʼtilga chiqqanliklari sababli, "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasidan harakatlanuvchi avtobus faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 144-sonli "Toshkent "Indeks talabalar yotoqxonasi- 5-metro bekati" avtobus yo‘nalishidan foydalanayotgan yo‘lovchilar sonining keskin kamayib ketishi kuzatildi.

 

Shu munosabat bilan, 2023 yilning 10 yanvariga qadar mazkur yo‘nalishda avtobus harakatlanmaydi.

 

Hozirda 144-sonli avtobus yo‘nalishiga parallel ravishda 143-sonli "Index savdo majmuasi-Bobur maydoni" avtobus yo‘nalishi mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida talabalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasidan o‘quv manzillariga yetib olishlari hamda turar joylariga qaytib kelishlari uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgan edi. Ushbu noodatiy yotoqxonada talabalar uxlashi, dars qilishi, ovqat pishirishi va kir yuvishi uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика