23-may kuni taniqli qilichboz, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami, xalqaro toifadagi hakam Aida Xasanova 39 yoshida vafot etdi, deb xabar qilindi federatsiya saytida.
Bir kun avval xususiy kosmetologiya klinikasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, shundan so‘ng ahvoli og‘irlashib, tibbiyot muassasasining reanimatsiya bo‘limida vafot etgan.
Maʼlumot o‘rnida, Aida Xasanova 1983 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, 2001−2006 yillarda Markaziy Osiyo chempioni, 2005 yilda Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turnir oltin medali sovrindori.
Qilichbozlik rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2017 yildan O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga bosh hakam etib tayinlangan. U xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan ko‘plab sportchilarni tarbiyalagan.
2019 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston va Markaziy Osiyodan birinchi hakam etib saylandi. Ushbu o‘yinlarda u Osiyoni himoya qiladigan yagona ayol qilichbozlik hakami edi.
2020 yildan beri FIE hakamlar komissiyasi aʼzosi edi.


