Sardor Sattorov "Bir million dasturchi" loyihasi doirasidagi IT tanlovida g‘olib bo‘lgani, ammo unga topshirilgan sovrin — noutbuk juda ham eski va ishlatilgan bo‘lib chiqqanini aytgan.
Viloyat halq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati S.Sattorovning tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, taqdirlash marosimi nizomga ko‘ra, tuman hokimligi tomonidan tashkil etilganini bildirdi.
Nurobod tuman hokimligi holat yuzasidan dastabki bayonotini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, hozirda mazkur masala hokimlik tomonidan o‘rganilmoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani 41 umumtaʼlim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sattоrov Sardor “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olishiga qaramay unga 3-darajali diplom hamda ishlatilgan (eski) noutbuk sovg‘a qilinganligi to‘g‘risida qilgan video murojaati eʼlon qilindi.
Joriy yilning 6 yanvar kuni Nurobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi asosida “IT-TANLOV”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 41-umumtaʼlim maktabining 8-sinf o‘quvchisi S.Sattоrov faxrli birinchi o‘rinni olib, tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda “realme C11” rusumli telefon apparati bilan taqdirlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar beriladi”, deyiladi hokimlik xabarida.


