1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tanzila Narbayeva aholini qiynayotgan muammolarga diqqat qaratdi

Ayni damda Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanzila Narbayeva aholini qiynayotgan muammolarga diqqat qaratdi

 

Anʼanaga muvofiq yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqilishidan avval senatorlar hududlarda olib borgan o‘rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklar, aholini qiynagan muammolar  qizg‘in muhokama qilindi. Bu borada Senat Raisi T.Narbayeva Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar va vazifalar yuzasidan olib borilgan o‘rganishlarga to‘xtaldi:

 

"Darhaqiqat Namangan viloyatiga safarimiz davomida hudud faollari ushbu masalani ko‘tardilar. Qolaversa o‘zimiz ham bevosita obyektni ko‘zdan kechirdik. Bino haqiqatdan ham taʼmirga muxtoj. Shu bilan birga mazkur yo‘nalishga doir yana bir masala ko‘tarilgan edi, yaʼni Namangan shahri aholisi uchun alohida perinatal markaz tashkil etish masalasi. Maʼlum bo‘lishicha, bugungi kunda Namangan shahar aholisi soni 1 millionga yaqinlashgan. Shaharda bor yo‘g‘i 4 ta tug‘ruqxona faoliyat yuritmoqda. Viloyat perinatal markazi ham shu hisobda (250 o‘rinli).
 

Biroq shahar aholisi, jumladan tug‘ish yoshidagi ayollar soni muttasil o‘sib bormoqda (170 ming nafar). O‘tgan yilda shaharda umumiy tug‘ruqlar soni 20 mingdan ziyodni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 6 oyida salkam 12 mingtaga yetgan. Bular orasida erta tug‘ruqlar ham bor (2022 y. – 1 300 ta, 2023 y. 6 oyida – 539 ta).
 

Aynan erta tug‘ruqlar sonining ko‘pligi, qolaversa shahar bolalar shifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli chaqaloqlarni parvarish qilish) bo‘limi ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani sababli shahar tug‘uruq kompleksi negizida alohida perinatal markaz tashkil etish taklifi bildirilgan. Fikrimizcha Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur masalani atroflicha o‘rganib, xulosa berishi zarur. To‘g‘ri, shahar hududida viloyat perinatal markazi ham joylashgan. Lekin sig‘im jihatdan bugungi talabga javob beradimi? degan savol tug‘iladi.
 

Yuqorida aytganimdek, ehtiyoj yildan yilga o‘sib bormoqda. Aniq, obyektiv holatni to‘liq ochib beradigan xulosa kerak. Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ishtirok etayotgan bo‘lsa mazkur masalalar bo‘yicha munosabat bildirishi kerak".

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика