Madaniy meros agentligining maʼlum qilishicha, qadimgi turkiy xalqlarda boshqa xalqlar kabi totem tushunchasi ustuvor bo‘lgan. Arslon, bo‘ri kabi totemlar ularda muhim ahamiyat kasb etgan. Qurilishlar yoki yurishlarda ham bu ramzlardan keng foydalanilgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Samarqand shahrida devor qurilib bitganda Zarafshon tog‘idan arslon tushgan. U devorlarni aylanib chiqqan, binoga go‘yo ruxsat bergan va yana tog‘lar orasiga qaytib ketgan. O‘shandan beri “arslon” Samarqand shahri timsoli bo‘lgan.
Qoraxoniylar davrida ham hukmdor «Arslonxon» deb bejiz aytilmagan. Ularning bayroqlari va gerblarida sher va arslon tasvirlangan.
Oqsaroyda ham sher tasvirlangan. Abu Said Abdurahmon Ibn Muhammad Idris arslon voqeasini tasvirlar ekan, shunday yozadi: “Samarqandliklar mag‘rur va injiq, yolg‘onga toqat qilmaydilar, boylikka intilmaydilar, ularning qalbi faqat shon-sharaf va iftixor uchundir”.


